English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda yoshlar masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar natijasi yuzasidan hududlar reytingi e’lon qilinadi
19:27 / 2021-10-07

Navoiy viloyati hokimligida Oliy Majlis Senati va Yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari mahalliy kengashlar kotibiyat mudirlari hamda viloyatdagi yoshlar siyosatini amalga oshirishga mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parlament yuqori palatasi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, salomatligini asrash, ular bilan ishlash tizimini tubdan yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini ta’minlash, yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish amaliyoti joriy etilganligini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, reyting tizimini ishlab chiqishda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asos qilib olingan bo‘lib, reyting baholash bo‘yicha ishchi organ etib Yoshlar ishlari agentligi belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida 9 indikator va 44 ta subindikator ishlab chiqilgan.

[gallery-4196]

Reyting tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi axborotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar daftari” bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir ma’lumot, raqamlar bo‘yicha shaxsan hududlarning birinchi rahbarlari javobgar bo‘ladi. Kiritilgan ma’lumotlarning amaldagi holati ham o‘rganiladi.

Tasdiqlangan Nizomga asosan eng yuqori ball to‘plagan 3 ta hudud aniqlanib, mas’ullar rag‘batlantiriladi. O‘z navbatida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar tanqidiy tahlil qilinib, mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Uchrashuvda mas’ul tashkilotlar vakillari amaliyotga kiritilayotgan yangi tizim bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA