French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda telefonni UZIMEIdan o‘tkazish uchun Face-ID talab qilinadi
15:52 / 2023-10-27

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan jismoniy shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun mobil qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida bir qator qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, telefonlarni UZIMEI tizimida ro‘yxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish joriy etilmoqda.  

Qayd etilishicha, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlaridan o‘zgalar foydalanishining oldi olinadi. 

Mazkur texnologiya yordamida jismoniy shaxs o‘ziga tegishli mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishni o‘zining biometrik ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn tarzda amalga oshiradi.  

Bunda, jismoniy shaxs UZIMEI kodlarini ro‘yxatga olishni rasmiy veb-sayt (uzimei.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va uning mobil talqini hamda tizim ro‘yxatga oluvchilariga bevosita murojaat qilgan holda biometrik identifikatsiya orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.  

Sodda qilib tushuntirganda, endilikda bir odam boshqa odamning nomidan telefonni UZIMEIdan ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA