Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda Sudyalar oliy kengashi raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik holatlari yuzasidan prokuraturaga taqdimnoma kiritishi mumkin...
12:32 / 2021-10-12

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Kengash:

  • Sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olib, ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
  • Sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqadi va prinsipial baholaydi.

Shuningdek, Kengash raisi o‘rinbosari vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Kengash raisi o‘rinbosari:

  • Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Bosh prokuratura tomonidan xabardor qilinadi.

Elbekjon TURGUNBOEV,
Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi