English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda Qirg‘izistonliklar xorijda bepul va onlayn konsullik hisobida turishlari mumkin
15:45 / 2019-12-06

Bu boradagi tegishli qaror hukumat tomonidan tasdiqlandi.


Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qaror Qirg‘iziston tashqarisida bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarining konsullik hisobidan o‘tishi va chiqishi jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan.
Bu boradagi tegishli qaror hukumat tomonidan tasdiqlandi.

“Mazkur jarayon onlayn rejimda amalga oshirilishi konsullik xizmatlarini ko‘rsatish muddatini qisqartiradi. Elektron formatdan foydalanish QR fuqarolariga konsullik hisobiga turishni masofaviy rejimda (fuqaroning ishtirokisiz) amalga oshirish imkonini beradi“, deya ta’kidlanadi TIV xabarida.

Konsullik hisobiga turish jarayonining soddalashtirilishi xorijiy davlat hududiga qonuniy kirish va u yerda bo‘lish uchun dalillarni taqdim qilishni taqozo etmaydi.

Bundan tashqari hukumat qarorida konsullik hisobiga turishda konsullik pul undirmalari olinmasligi ta’kidlangan.

“Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarning bepul konsullik hisobiga turish xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xorijda istiqomat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining sonini aniqlashda, shuningdek saylov va referendumlarda saylovchilarning ehtimoliy ro‘yxatini tuzish va ularning ishtirokini ta’minlashda ko‘riladigan choralar sirasidandir“, deyiladi tashqi siyosat mahkamasining xabarida.