Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi
10:54 / 2021-06-15

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi prezidnt qonunni imzolandi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot”  kanali xabariga ko‘ra, qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.

O‘zgartirishga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.