Endilikda maktablar va bog‘chalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatiladi
Prezidentimizning joriy yilning 18 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi; sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari,
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
2022 yil 1 dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
O‘zA