Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda eng faol 3 nafar yetakchi BAA va Turkiya davlatlarida tahsil oladi
14:29 / 2022-04-22

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

– Ayni kunlarda respublikamizdagi 9 ming 348 ta mahallada ochiq tanlov asosida saralab olingan yoshlar yetakchilari bilan navbatma-navbat ochiq muloqot o‘tkazyapmiz, – dedi Alisher Sa’dullayev. – Xususan, navbatdagi uchrashuvimizda Navoiy viloyatining Konimex tumani, Zarafshon hamda Navoiy shaharlaridagi yoshlarga “yolg‘on gapirmaslik” shiori ostida suhbat olib borish g‘oyasi ilgari surildi.

Yoshlar yetakchilari uchun eng quvonarlisi o‘z hududida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirgan 3 nafar yoshlar yetakchisi yil oxirida BAA va Turkiyadagi eng nufuzli ta’lim markazi “Yoshlar yetakchilarini tayyorlash instituti”ga o‘qishga yuborilishi to‘g‘risidagi habar bo‘ldi.  

Bu yangilik yoshlarga qanday imkoniyatlarni beradi? 

– Albatta bu yangilik ularga o‘z vazifasiga bo‘lgan mehri va mas’uliyatining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yetakchilarning dunyoqarashining kengayishi, o‘z faoliyatida xorijiy tajribalardan foydalangan holda zamonaviy ish olib borishiga imkon tug‘iladi.  

Uchrashuvlarda yoshlarning ham takliflari tinglanmoqda.  Jumladan, yoshlar yetakchilari uchun “Bir haftada bir kitob” loyihasi taklifi berildi va amalga oshirilishi belgilandi. Bu ishni amalga oshirish uchun mutasaddilar barcha sharoitlarni yaratib berishga va’da berdi. Xususan, Yozuvchilar uyushmasi hamda Ma’naviyat markazi tomonidan 500 tadan jami 1000 ta kitob taqdim etiladigan bo‘ldi. 

Ochiq muloqotlar davomida yetakchilarning barchasi hozirda amalga oshirilayotgan ishlardan mamnunligini e’tirof etmoqda.  


Gulnoza Boboyeva, O‘zA