Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda DXM orqali ham ID-kartaga ega bo‘lish imkoniyati mavjud
09:33 / 2022-01-31

Fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi bo‘limlari orqali ham ID-kartalarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Endilikda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim va bo‘linmalari bilan bir qatorda Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy, Yashnobod, Shayxontohur, Yunusobod, Olmazor tumanlari Davlat xizmatlari markazlari hamda Toshkent viloyatining Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi orqali fuqarolarimiz ID-karta rasmiylashtirishlari mumkin.