Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda “COVID-19” alomatsiz shakli bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida davolanadi
16:49 / 2020-07-10

Bordiyu yashash sharoiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermagan yoki yakkalash imkoniyati boʻlmaganda, bemorlar “COVID-19” infeksiyasini davolashga moslashtirilgan muassasalarga joylashtiriladi.


Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-iyundagi 31-son bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 2-iyul kuni Sogʻliqni saqlash vazirligining “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida oʻtkazilayotgan epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi huquqiy hujjati qabul qilindi.

– Unga koʻra, 2020-yil 5-iyul kunidan boshlab, “COVID-19” alomatsiz shakli bilan kasallangan bemorlarni tuman va shaharlarda tashkil etilgan “mobil guruh” tomonidan saralanadi, – deydi vazirlik qoshidagi koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibullo Oqilov.

– Uyda davolanish uchun yetarli sharoit bor, deb hisoblangan fuqarolarni tasdiqlangan tartibi asosida 10 kun davomida birlamchi tibbiy-sanitariya tizimi muassasalari nazoratida uy sharoitida tibbiy kuzatuvi va davolanishi yoʻlga qoʻyildi.

Bordiyu yashash sharoiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermagan yoki yakkalash imkoniyati boʻlmaganda, bemorlar “COVID-19” infeksiyasini davolashga moslashtirilgan muassasalarga joylashtiriladi.

Shu bilan birga, hududiy mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan bemorlarni karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tegishli ishlarni olib borish va qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, “COVID-19” alomatsiz shakli bilan kasallangan bemorlarni uyda davolash va epidemiologik surishtiruv oʻtkazish tartibi har bir birlamchi tibbiy sanitariya bugʻini muassasalari (QVP, QOP, OP, KTMP), tez tibbiy yordam xizmati hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari xodimlariga yetkazilib, mohiyatini har tomonlama tushuntirish maqsadida onlayn oʻquv seminarlar tashkil etilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.