Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi
15:28 / 2024-01-09

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznesni rivojlantirish banki axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning ma’lum qilishicha, "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi"ga ko‘ra 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.

Kimlar bu imkoniyatdan foydalana oladi?  

Kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari bu imkoniyatdan foydalana oladi.  

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ham bu imkoniyatdan foydalana oladi. 

Dastur doirasida, shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.  

Qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish nazarda tutilmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA