English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endigi navbat yosh media mutaxassislariga (+video)
20:47 / 2025-11-21

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Yoshlarni eshitamiz" loyihasining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

Unda media sohasida faoliyat yuritayotgan ko‘plab yosh jurnalist va blogerlarning muammo va takliflari tinglandi. Sohani rivojlantirishga oid muhim ishlar bo‘yicha qator masalalarda yurtimizning yetakchi OAV vakillari yoshlarga tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Bugungi globallashuv davrida yoshlarning asosiy bo‘sh vaqti ijtimoiy tarmoqlar va media kontentlar orasida o‘tmoqda. Ularga sifatli media kontentlar yetkazib berish, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarning saviyasini yuqori saqlash, o‘sib kelayotgan yoshlar orasida media savodxonlikni rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NILeYgyqe-g" title="Endigi navbat yosh media mutaxassislariga" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA