Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi yoshlar vaqti to‘g‘ri va samarali taqsimlanadi (+video)
20:38 / 2025-09-26

Shu oyda yoshlarga oid Prezidentimizning yana bir muhim qarori e’lon qilindi. Ya’ni, “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 277-sonli qaror.

Unda bir qator tashabbuslar ilgari surilgan. Jumladan, Respublika “Kelajak” markazini tashkil etish, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalarini yaratish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish. Ushbu huquqiy hujjatda yoshlar uchun yana bir qator tashabbuslar ilgari surilgan va bu xususida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov bilan suhbatlashdik. 

- Aytingchi ushbu qaror bilan yoshlar tarbiyasida va ularning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etishda tizim o‘zgaradimi?  

- Bu jarayon, bu tizim o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Davlatimiz rahbarining so‘nggi sakkiz yildagi yoshlar siyosati bo‘yicha bergan imkoniyatlari, imtiyozlari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida katta yutuq bo‘ldi. 2016 yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi, 2023 yilda Konstitutsiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi yoshlarning huquqlari va manfaatlari konstitutsion normalar asosida mustahkamlab qo‘yilishi bu tarixiy natija. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2lCbHksmQ08" title="Endi yoshlar vaqti to‘g‘ri va samarali taqsimlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov, O‘zA