Endi yo‘l, ko‘l va suv omborlarining ham hujjati bor
Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatda qariyb 2 ming 508 kilometrga yaqin avtomobil yo‘li xatlovdan o‘tkazilib, ularning kadastr pasportlari shakllantirildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bu jarayon davlatimiz rahbarining 2022 yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Shuningdek, 133 ming 182 gektar maydonni egallagan Aydarko‘l ko‘li, Nurota tumanida joylashgan 27,5 gektarlik Sentob suv ombori va Qiziltepa tumanida joylashgan 1507 gektar maydonni egallagan “Quyimozor” suv omboriga ham hujjat tayyorlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA