Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Endi Yaponiyada oʻqiy olaman!”
18:22 / 2019-04-18

Ruxsora Sotimboyeva Namangan viloyati hokimi X.Bozorovning sayyor qabulidan hayajon va quvonch bilan chiqib kelar ekan shunday dedi.


Ruxsora Sotimboyeva Namangan viloyati hokimi X.Bozorovning sayyor qabulidan hayajon va quvonch bilan chiqib kelar ekan shunday dedi.

– Ingliz tilini IELTS dasturi boʻyicha oʻqib, 7,5 ball toʻpladim va Yaponiyadagi APU universitetining xalqaro aloqalar va menejment fakultetida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritdim, – deydi Ruxsora Sotimboyeva. – 5 yoshimdan buyon sport gimnastikasi bilan shugʻullanib kelaman. Oʻzbekiston chempionati va bir qator xalqaro turnirlar gʻolibi boʻlganman. Maqsadim – biz yoshlar uchun yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, yetuk mutaxassis boʻlish. Yaponiyada oʻqishni boshlab, u yerda belgilangan stipendiyali oʻrinlarni egallagunimga qadar menga yashash, sugʻurta va roʻyxatdan oʻtish kabi zaruriyatlarga qoʻshimcha mablagʻ kerak ekan. Shuning uchun u yoqqa borishga ham ikkilanib turgan edim. Shu muammo boʻyicha viloyat hokimiga qilgan murojaatim eʼtiborsiz qolmadi. Aksincha, hokim xursand boʻldi va “Siz kabi isteʼdodli yoshlarni qoʻlimizdan kelgancha qoʻllab-quvvatlaymiz”, deb koʻnglimni koʻtardi. Menga bir yirik korxonani homiy etib tayinladi. Endi men Yaponiyada oʻqiy olaman!

photo5316724631601785569.jpg

Viloyat rahbarining aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq, tezkor choralar koʻrish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida oʻtkazgan navbatdagi sayyor qabulida sektor rahbarlari, viloyat va shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabulda hokim Namangan shahri va tumanlardan kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Murojaatlar boʻyicha tegishli sohalar rahbarlari ishtirokida amaliy yordam koʻrsatilishi yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Sayyor qabul davomida uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sogʻliqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xoʻjaligi va boshqa masalalarga oid 200 dan ziyod murojaat koʻrib chiqildi. Murojaatchilardan 101 nafarining muammosi shu yerning oʻzida hal etildi. 12 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 94 tasi qonunchilikda belgilangan muddatda oʻrganib, chora koʻrish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabulda davlat xizmatlari markazi tomonidan 150 dan ortiq xizmat koʻrsatildi. Jumladan, 60 dan ortiq fuqaroga STIR berildi, 15 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joy binosiga egalik huquqi tasdiqlandi. Ikki murojaatchining farzandlariga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi. 11 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yoʻllanma taqdim qilindi.