Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi xorijliklar Daniya universitetlarida ishlay olmaydi
18:15 / 2025-07-18

Daniya universitetlari texnika va biologiya-tibbiyot fanlari bo‘yicha xorijlik tadqiqotchilarni yollash masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Josuslikka qarshi kuchaytirilgan amaliyot ushbu mamlakat oliygohlarini ayrim xorijlik mutaxassislardan voz kechishga majbur qilmoqda. Razvedka xizmati tomonidan o‘quv muassasalariga berilgan tegishli tavsiyalardan keyin shunday choralar ko‘rilmoqda. Negadir, hukumat ayni sohalardagi xavfni yuqori baholamoqda.

Universitetlar, ayniqsa, Rossiya, Eron va Xitoydan kelishni xohlayotgan tadqiqotchilar nomzodini qat’iy nazorat ostida ko‘rib chiqyapti. Masalan, Orxus universiteti joriy yil 24 nafar xorijiy mutaxassis arizasini qaytardi. Muhandislik fakulteti dekani o‘rinbosari Brayan Vinter ta’kidlashicha, rad etilgan izlanuvchilar maxfiy ma’lumotni egallashga urinishi mumkinligi sababli shunday qaror qabul qilingan.

Boshqa qator universitetlar ham josuslik xavfi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijliklarni qabul qilishdan bosh tortgan. Masalan, Kopengagen universiteti chet ellik tadqiqotchi arizasini ko‘rib chiqishda tashqi ekspertlar va maslahatchilar yordamiga tayanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tanlov qoidasi qat’iylashtirilishi Daniyaning nafaqat milliy, balki butun Yevropa miqyosida xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini aks ettiradi. Shu oydan boshlab mamlakat yarim yil Yevropa Ittifoqiga raislik qilish vazifasini zimmasiga oldi. Qirollik bu jarayonda, jumladan, kiber josuslikka qarshi kurashni kuchaytirishga ham va’da bergan.

K.Bekjonov, O‘zA