Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi taraflarning roziligi bilan ayrim sud ishlari telekanal orqali jonli efirga uzatiladi
10:40 / 2021-06-17

“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.

2021 yil 1 dekabrdan:

yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;

quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:

Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;

taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

1 sentyabrgacha Ochiq ma’lumotlar portali davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinadi.

2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rasmiy veb-saytida va Portalda Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:

davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;

murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi