Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotganlar faoliyatini ishonchli boshqaruvga berib, o‘zi davlat ishida ishlashi mumkin
11:16 / 2022-12-08

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi to‘g‘risida nizom muhokamalar portaliga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini ishonchli boshqaruvga berib, o‘zi davlat ishida ishlashi mumkin.

Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchisi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ishonchli boshqaruvchiga beriladigan vakolatlar doirasini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi ishonchli boshqaruvga topshirilgan mol-mulk hamda vaqtincha boshqaruvga berilgan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlarni olish huquqiga ega.

O‘zA