Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi Soʻxda ham xorijga chiqish pasportini olish mumkin
15:13 / 2020-06-16

Albatta, bu kabi saʼyi-harakatlar Soʻx tumani aholisining turmush farovonligini yana-da yaxshilashga, xizmat qiladi.


Maʼlumki, 2021-yildan MDHga aʼzo davlatlarga chiqish faqat xorijga chiqish biometrik pasporti bilan amalga oshiriladi. Fargʻona viloyatining chegaradosh hududidagi Soʻx tumani aholisiga qulaylik yaratish maqsadida ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish sayyor xizmati” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Respublikada yagona boʻlgan, tajriba tariqasida joriy etilgan mazkur sayyor xizmat turi “GAZEL” rusumli zamonaviy avtomobil tarkibiga joylashtirilgan boʻlib, malakali mutaxassislar va barcha zaruriy texnik qurilmalar bilan taʼminlangan.

Eng asosiysi, ushbu qulaylikdan tumandagi nogironligi boʻlgan, keksa yoshdagi hamda tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar minnatdor boʻlishmoqda.

Har kuni 70 nafarga yaqin fuqarolarga migratsiya xizmati koʻrsatilib, xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Albatta, bu kabi saʼyi-harakatlar Soʻx tumani aholisining turmush farovonligini yana-da yaxshilashga, xizmat qiladi.