Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi Shveysariya muzeyida o‘g‘irlik
13:39 / 2025-11-22

Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag‘ishlangan muzeyda o‘g‘irlik sodir etilgani to‘g‘risida xabar tarqalgan.

Shveysariya rasmiylari tan olishicha, ayni payt qo‘riqchini "tinchitgach", pesh oynani sindirib, o‘nlab oltin tangalarni olib qochib ketgan ikki qaroqchi qidirmoqda. Bu haqda "Arab News" yozgan.

Shahar politsiyasi ma’lum qilishicha, gumondorlar payshanba kuni yopilish vaqtidan biroz oldin chipta sotib olib, majmuaga kirgan va boshqa mijozlarning ketishini kutgan. So‘ngra reja bo‘yicha qo‘riqchiga hujum qilib, uni qo‘lga olishgan, keyin vitrinani sindirib tashlashgan.
O‘ljaning narxi hozircha oshkor qilinmadi, faqat politsiya tangalar "arxeologik qiymatga ega"ligini aytdi.

Ushbu voqea jahon bozorida tilla narxi keskin ko‘tarilgan bir paytda kuzatildi.

Muzey xodimi, 64 yoshli Shveysariya fuqarosi tergovchilar tomonidan so‘roq qilingan. Voqeada xizmatchi jarohat olmagani qayd etilgan. O‘sha payt hodisa joyida boshqa hech kim bo‘lmagan.

Davlat prokuraturasi jinoyat yuzasidan tergov boshladi. Lozanna shahri hokimligi muzey ko‘rgan zararni qoplash uchun sudga da’vo kiritdi. Oltin tangalar egasi hisoblangan mintaqaviy hukumat tergov boshlash rejasini e’lon qildi.

M. Pirmatova, O‘zA