Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi oziq-ovqat eksportyorlari sifat yorlig‘ini o‘zimizdan olishadi
18:16 / 2022-05-23

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga qarashli Milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi sinov laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va xalqaro metodlarni joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad, mahsulotlar uchun rasmiylashtirilayotgan gigenik xulosalarning nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda tan olinishiga erishish, shu tariqa Milliy referens laboratoriyasini bosqichma-bosqich xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazishdan iboratdir. Xususan, laboratoriyada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlar asosida sinovdan o‘tkazish uchun 2021–2022 yillarda 21 ta zamonaviy uskuna, bundan tashqari sinovlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yordamchi jihozlar, reaktiv va standart namunalar xarid qilingan.  

Laboratoriyada faoliyat yuritib kelayotgan 7 nafar mutaxassis Turkiyaning Turk standartlar institutida bilim va tajriba orttirib qaytdi.  

Batafsil ma’lumot O‘zA You yube kanalida:

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/fPZ4MlzmRXY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>