Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi O‘zbekiston temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqish muammo emas (+video)
17:34 / 2023-10-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida bugun Respublika vokzallarida yo‘lovchi hamda kuzatuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Shuningdek, qarorda temir yo‘l sohasini transformatsiya qilish va raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonining uzluksizligi, sifatliligi, xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, shu bilan birgalikda yo‘l transporti sohasini bosqichma-bosqich isloh qilish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.    

Qulayliklar bilan tanishish maqsadida biz dastlab joriy yilning 27 oktyabr kuni poytaxtimizdagi shimoliy temir yo‘l  vokzalida bo‘ldik.  

Guvoh bo‘ldikki, vokzalga kiraverishdagi tashkil etilgan avtoturargohlar, qulay yo‘laklar,  chiqish va jo‘nash vaqtlarini ko‘rsatib turuvchi maxsus elektron tablolar hamda tadbirkorlar xizmat ko‘rsatayotgan ixchamgina savdo nuqtalari yo‘lovchilarga manzur bo‘lmoqda.  

— Ilgari, chipta tekshirilar edi, yuklar ko‘zdan kechirilar edi, hujjat so‘ralar edi. Mana shu ovvoragarchiliklar bilan ancha vaqt vokzalda turib qolar edik. Endi faqat bir marotaba yukimizni tekshirib, poyezdimizga o‘tkazib yuborishyapti, deydi yo‘lovchilardan biri.  

Ayrim yo‘lovchilar esa yaratilgan qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirish barobarida  ba’zi zarur vaqtlarda chipta yetishmay qolayotganligi yuzasidan e’tirozlarini yashirishmadi.    

Mazkur holat bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bo‘lim boshlig‘i — Fozil Sharipov izoh berdi.  

Unga ko‘ra, “Afrosiyob” yuqori harakatda harakatlanuvchi yo‘lovchilar bugungi kunda poyezdlar yo‘nalishi uchun chiptalarni elektron tarzda https://chipta.railway.uz/ va Uzrailwaytickets ilovasi orqali xarid qilishlari mumkin. Chiptalar 3-5-15-25-30-45 kun avval sotuvda mavjud bo‘ladi.  

Qolaversa, so‘nggi yillarda yo‘lovchilarning temir yo‘l transportidan foydalanishga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshgan. Hozirda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdining 12 ta reysidan tashqari, har kuni 25 dan ziyod yo‘lovchi poyezdlari harakati amalga oshirilib, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarga boradigan yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetkazib qo‘yilmoqda.  

Chiptalarni elektron xarid qilishda esa yo‘lovchilar shuningdek, Android va iOS ilovalaridan foydalanishlari mumkin.  

Onlayn xarid qilish mutlaqo xavfsiz! Barcha ma’lumotlar, jumladan, pasport va bank kartasi raqamlari, so‘nggi xavfsizlik standartlariga muvofiq, hakerlik hujumlaridan himoyalangan.  

Qolaversa, hozirgi paytda chiptalarni qaytarishda biror joyga borib, navbatda turish shart emas - sayt yoki ilovadagi shaxsiy kabinetdagi tugmani bosish kifoya!  

Qaytarilgan chiptalar ASU Ekspress orqali tizimga joylanib, boshqa yo‘lovchilarda ularni xarid qilish imkoniyati bo‘ladi.  

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA