Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi o‘zbek tili ham chet tili sifatida o‘qitiladi
12:53 / 2021-05-11

Til – aloqa vositasi, inson madaniyatining ifodasi. Har bir millatning o‘zligi uning tili va adabiyotida namoyon bo‘ladi.

bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish, ommalashtirish, o‘qitish tizimini mukammallashtirish yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, Respublika ta’lim markazi tomonidan yangi o‘quv dasturlari asosida yaratilayotgan O‘zbek tili darsligidan maqsad ham shu aslida.

Respublika Ta’lim markazi axborot xizmatining xabar berishicha, shu paytgacha umumta’lim maktablarida o‘zga tilli sinflarda «O‘zbek tili» xuddi o‘zbek sinflariga o‘tiladigan «Ona tili» kabi o‘tib kelinayotgan edi. Bu esa o‘zga millat vakillariga qiyinchilik tug‘dirib, mavzularni o‘zlashtirishda muammolarga duch kelishayotgan edi.  

Endi esa ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili – o‘zbek tili ham chet tili kabi o‘rgatiladi. Milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf O‘zbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021-2022 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.  

O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.  

Ayni paytda yaratilgan darslikda o‘z davri uchun muhim bo‘lgan yana bir qancha qulayliklar mavjudki, ular ham o‘quvchida til o‘rganish ko‘nikmasini faollashtiradi.

Yangi yaratilayotgan darsliklardagi bu kabi o‘zgarishlar, takomillashuvlar o‘quvchilarni darsdan bezib qolmaslikka, dars jarayoniga qiziqishi va o‘zbek tiliga hurmat-e’tiborini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA