Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi oʻqishga kirishda “086-U-forma” talab qilinmaydi
19:51 / 2019-04-29

Hukumatning Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (360-son, 27.04.2019 y.) kiritildi, deb xabar bermoqda @huquqiy_axborot kanali.


Hukumatning Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (360-son, 27.04.2019 y.) kiritildi, deb xabar bermoqda @huquqiy_axborot kanali.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar ham mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar.

Endilikda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydi.

Quyidagilar oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinuvchilar qatoriga kiritildi:

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni aʼlo baholarga bitirgan bitiruvchilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishlariga;

har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi, qism qoʻmondonligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga asosan.

Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchalar bilan sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Sirtqi taʼlimga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan oʻtkaziladi.

Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan toʻplanishi kerak boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda taʼlim muassasasining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Shuningdek, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha sinov;

Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha sinov.

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball boʻlganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL boʻyicha kamida 58 va IELTS boʻyicha kamida 5 ball boʻlishi kerak edi.

Oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi. Ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi.