Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi navbat Fransiyaga: Muhojirlar kelishi ko‘paymoqda
11:43 / 2018-04-10

2017-yilda Fransiyadan boshpana so‘rab murojaat etuvchilar soni birinchi marotaba 100 mingdan oshdi.

2017-yilda Fransiyadan boshpana so‘rab murojaat etuvchilar soni birinchi marotaba 100 mingdan oshdi. Fransiya qochoqlar va fuqaroligi yo‘q shaxslarni himoya qilish idorasining (OFPRA) dushanba kuni chop etilgan yillik hisobotida ana shunday ma’lumotlar keltirilgan.

“2017-yilda arizalar soni 100 755 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2016-yilga qaraganda 17,5% ortgan”, - deyiladi hisobotda.

Hujjatda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hali hech qachon OFPRA bir yilda qochqinlik maqomini olish uchun 100 mingta arizani ro‘yxatga olmagan. Ushbu statistika 1981-yildan beri olib boriladi.

Arizalar ko‘rib chiqilgandan so‘ng 23958 kishi, ya’ni talabgorlarning 27,2 foizi qochoq maqomi ostida idoraning muhofazasiga olingan. 2016-yilda, OFPRA muhojirlar arizalarining 28,8% ga ijobiy javob bergandi. Ma’muriyat bu holatni izohlar ekan, Fransiyadan boshpana so‘rayotgan kishilar ko‘proq iqtisodiy muhojirlar toifasiga kirishi va boshqa hududga ko‘chib o‘tishdan bo‘lak chorasi qolmaganlarga qochqinlik maqomi berilishini ma’lum qilgan.

Eng ko‘p ariza topshirganlar Albaniya fuqarolari bo‘ldi - jami 12.131 so‘rovlar yuborilgan bo‘lib, bu avvalgi yilga nisbatan 60% ga ko‘p. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (6671), Suriya (5824), Gaiti (5744) va Sudan (4823) kabilar ko‘rsatilgan.