Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi Jahon bojxona tashkilotining "Registon"i bor
15:49 / 2023-02-26

Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi bosh shtab-kvartirasida o‘ziga xos muzey tashkil qilingan. Mazkur muzeydan tashkilotga a’zo davlatlarning bojxona xizmatlari tomonidan taqdim etilgan turli esdalik ashyolar, xizmat kiyim-boshlaridan namunalar, har bir mamlakatning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ni anglatuvchi tarixiy binolarining maketlari va boshqa sovg‘alar joy olgan.

Mazkur muzey ekspozitsiyasi endi O‘zbekiston va uning bojxona xizmatini aks ettiruvchi o‘ziga xos eksponatlar bilan boyidi.

Jahon bojxona tashkiloti mintakaviy tuzilmalari rahbarlarining 18-Global uchrashuvi doirasida Belgiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi delegatsiyasi ushbu nufuzli anjuman doirasida tashkilot Bosh kotibi Kunia Mikuria bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvda delegatsiya vakillari janob Mikuriaga Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov nomidan bojxona ramzi aks ettirilgan Registon maydoni maketi hamda O‘zbekiston bojxona xizmati xodimlarining xizmat bosh kiyimi – furajkani topshirishdi.

Shu kunning o‘zida mazkur esdalik sovg‘alari Jahon bojxona tashkiloti muzeyining ko‘rgazmalar zalidan joy oldi.

Ushbu voqelik O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi faol hamkorlikning yorqin ifodasini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon bojxona tashkiloti mintakaviy tuzilmalari rahbarlarining 18-Global uchrashuvida mamlakatimizdan tashrif buyurgan vakil – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona ko‘mitasining Valyuta nazorati boshqarmasi boshlig‘i U.Tojiyev ilk bor yig‘ilish raisining o‘rinbosari sifatida ishtirok etdi.  

O‘zA