Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy ma’lumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin
11:35 / 2024-04-14

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatiga bog‘liq yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar o‘zlariga tibbiyot tashkilotlarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplangan mablag‘lar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin bo‘ldi.

Buning uchun "my.gov.uz" portaliga kirib, "Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yo‘llanma asosida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar ma’lumoti"ni olish uchun so‘rov yuboriladi.

Shuningdek, ota-onalar uchun farzandlariga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur davlat xizmati bepul bo‘lib, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi.

O‘zA