Endi haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar avtomashina boshqarsa, holat qurilmalar tomonidan aniqlanadi
Har qanday huquqbuzarlik avvalo, inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa, avtomobil boshqarishdagi qonunbuzarliklarga vaqtida nuqta qo‘yilmasa, oqibati ayanchli tugashi mumkinligiga bot-bot amin bo‘lmoqdamiz.
Ana shunday qoidabuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish maqsadida texnik imkoniyatlar keng ishga solinmoqda. Bu esa barcha uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Xususan, endi haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar avtomashina boshqarsa, holat qurilmalar tomonidan aniqlanadi.
Bu huquqbuzarlik uchun 1 marotaba BHM ning 50 baravari jarima, 2 marotaba shu holat takrorlansa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, bu kabi kichik o‘zgarishlar katta fojialarning oldini olishga xizmat qiladi.
Sherbek Islomov, O‘zA