Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
18:44 / 2025-10-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi.

Olimpiada g‘oliblari respublika oliy ta’lim muassasalarining "filologiya va tillarni o‘qitish, o‘zbek tili va adabiyoti" ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy bo‘linmalarida mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik talabalarni ular o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotlari mablag‘lari hisobidan o‘zbek tiliga bepul o‘qitish kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, 2026 yil davomida o‘z mablag‘lari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun o‘zbek tiliga o‘qitish kurslarini kengaytiriladi hamda xorijiy davlatlardagi o‘zbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari tashkil etiladi, ularni zarur o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zA