Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi Farg‘onada xorijiy sanoat zonasi bo‘ladi
14:27 / 2026-02-13

Har qanday ishning avvali – reja. Farg‘ona viloyatida 2026-yilda investitsiya kirituvchi davlatlar soni 36 taga, investitsiya miqdori esa 4,2 mlrd.dollarga yetishi rejalashtirilgan. Viloyatdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmi esa 1,4 mlrd dollarga yetadi.

Bu kabi katta raqamlarga erishish uchun Farg‘ona viloyatida xorijiy kompaniyalarning korxonalarini ochishga urg‘u berilmoqda.

Biz ilgari Farg‘ona viloyatiga Turkiyaning ishbilarmon va parlament deputatlari delegatsiyasi tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. O‘shanda qabul qilingan qaror, kelishuv va shartnomalar amalda ishlay boshladi. Ularning biri Quva tumanida “Turon turk sanoat zonasi”ni ochish edi. Uni Turkiyaning “Heyal holding” kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan.  Quva tumanida 26 gektar maydonda barpo etilayotgan “Turon turk” maxsus sanoat zonasining umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil etadi. Unda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, elektrotexnika, oziq-ovqat va to‘qimachilik sohalarida ishlab chiqarish loyihalari joylashtirilib, 5 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihada eng zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi.  

Quva tumanida sanoat zonasi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, "Heyal holding" kompaniyasi ta’sischisi Vahdettin Heyal boshchiligidagi turk ishbilarmonlari, viloyat tashkilot, boshqarmalari rahbarlari, nuroniylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi turkiyalik investorlar bilan o‘tkazilgan kelishuvlar samarasida sanoat zonani ishga tushirish hisobiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’kidladi.

“Heyal Holding” kompaniyasi ta’sischisi Vahdettin Heyal O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti turk ishbilarmonlarining qiziqishini oshirayotganini bildirdi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA