Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi ehtiyojmand oilalar isitish mavsumida bir martalik moddiy yordam olishi mumkin
15:44 / 2025-11-08

Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan aholining ehtiyojmand qatlamlariga 2025-2026 yilgi isitish mavsumida bir martalik bir million so‘mlik moddiy yordam ajratilmoqda. Qashqadaryo viloyatida ham mazkur dastur doirasida 134 ming 40 ta oilaga jami 134 milliard so‘mdan ortiq bir martalik moddiy yordam to‘lab berilishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi ijtimoiy xizmatlar va mahalla resurslari orqali yordam olish tartibi borasida aholiga keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan maxsus flayerlar tarqatildi: unda yordamni qanday olish, kerakli hujjatlar, shuningdek, har oyda beriladigan kompensatsiya mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot qamrab olingan.

Bu tadbirlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish hamda kam ta’minlangan oilalarning kuz-qish mavsumidagi ijtimoiy va maishiy ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan muhim choradir. Mahalliy organlar yordam jarayonlarini shaffof va samarali tarzda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri