Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi chorva hayvonlarining ham elekton maʼlumotlar tizimi shakllantiriladi
18:48 / 2019-05-22

Jahon banki yurtimizning ikkita hududida sut ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasini amalga oshiradi.


Jahon banki yurtimizning ikkita hududida sut ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasini amalga oshiradi.

Shu kunlarda mavjud chorva mollarining elektron bazasini yaratish, yaʼni ularni identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Natijada har bir chorva boʻyicha toʻliq maʼlumotlarning elektron tizimi yaratiladi. Tizim tuman bosqichidan boshlab viloyat va respublika miqyosida nazoratga olinadi.

Unda chorva hayvonlarining sogʻligi, yoshi, ular nima bilan oziqlanishi, qanday kasalliklarga qarshi davolangani, emlangani, qancha tuqqanligi kabi barcha maʼlumotlar jamlanadi. Balki, bu orqali chorva mollarini yoʻqolishi kabi holatlarga ham chek qoʻyilar.

Shu va boshqa bir qator masalalar haqida Oʻzbekiston veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasida xalqaro moliya institutlari, xususan Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, Fransiya rivojlantirish agentligi, Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida soʻz yuritildi.

photo5413388213537581652.jpg

– Yevropa Ittifoqi qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida bir qator yangiliklarni joriy etishda oʻz hissasini qoʻshmoqda, – deydi xalqaro konsultant, Yevropa ittifoqi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha menejeri Jan Lui Vo. – Taʼkidlash joizki, chorvachilikni rivojlantirish, veterinariya xizmatlarini yanada yuksaltirish kelgusida Oʻzbekiston fuqarolarini sogʻlom va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va eksport hajmini oshirishga zamin yaratadi. Shu maqsadda Jahon banki ikkita hududda sut ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasini amalga oshirmoqda. Xususan, Andijon davlat universiteti qoshida fermer va oʻqituvchilarga yangi texnologiyalarni oʻrgatish, malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilsa, Surxondaryoda sut yigʻish markazi tashkil qilinadi. Bunda nafaqat shu hududdagi sutni yigʻib olish va sotish, balki uni qayta ishlash imkoni ham yaratiladi. Bu borada doimiy hamkorlikda ishlash rejamiz bor.

Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro epizootik Byuroning konsultantlari bilan hamkorlikda veterinariya xizmatini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun zarur asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar va xizmatlarning turlari va ularni xarid qilish uchun talab etiladigan investitsiyalar hisoboti tayyorlanmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy ekspertlar jalb etilmoqda. Ayni vaqtda veterinariya xizmati laboratoriyalarini oʻrganish va kerakli tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha Xalqaro epizootik Byuro vakillari kutilmoqda.

Yigʻilishda Veterinariya xizmatini rivojlantirish Konsepsiyasi borasida ham mulohazalar bildirildi.

photo5413366296319470271.jpg

– Yurtimizda chorvachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, goʻsht, sut va goʻsht-sut mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlab, eksportni amalga oshirish muhim masala, – deydiOʻzbekiston veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Jabborov. – Shu bilan birga Konsepsiyada yurtimizdagi chorva hayvonlarining kasallanishini oldini olish, ularga tezkor tashhis qoʻyish maqsadida mavjud diagnostik markazlarini zamonaviy jihozlar bilan jihozlash, yosh va iqtidorli mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish alohida eʼtiborda.

photo5413366296319470272.jpg