English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi Chirchiqda ham hunarmandchilikka eʼtibor kuchaymoqda
15:22 / 2020-06-17

Chirchiq sanoat shahri boʻlganligi uchun aholining aksariyat qismi zavod va fabrikalarda mehnat qiladi.

Chirchiq sanoat shahri boʻlganligi uchun aholining aksariyat qismi zavod va fabrikalarda mehnat qiladi. Shu sababli, hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchilar soni juda ozchilikni tashkil qiladi. Ammo aholi soni tobora oʻsib borayotganligi bois, bu yerda ish topish muammo boʻlib, hokimlik va tegishli tashkilotlarga boʻlayotgan murojaatlar soni kundan-kunga koʻpayib bormoqda.

Shahar mutasaddilari muammoga yechim topish maqsadida izlanishlar olib borishmoqda. Masalani ijobiy hal etish yuzasidan bir qator chora-tadbirlarni koʻrilyapti. Xususan, Chirchiq shahar prokuraturasining hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etish, hunarmandchilikning noyob turlarini ommalashtirish va yana-da rivojlantirish, mazkur sohadagi mavjud kasb egalariga zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga banklardan kreditlar olishda yordam berish borasida amalga oshirayotgan ishlari shular jumlasidandir.

photo_2020-06-17_17-36-05.jpg

Mazkur yoʻnalishdagi hunarmandchilikni yoʻlga qoʻyish va sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Andijon, Namangan, Fargʻona, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan usta hunarmandlarni Chirchiq shahriga jalb qilish boʻyicha amaliy ishlarga kirishildi.

Shu munosabat bilan Chirchiq shahrida hunarmandlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirga Navoiy viloyatida kashtachilik hamda Fargʻona viloyatidan adras va gilam toʻqish yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib borayotgan tajribali hunarmandlar tashrif buyurdi.

photo_2020-06-17_17-36-00.jpg

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga koʻra, bugungi kunda hunarmandlarga shaharda yashab, ish yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Milliy kasb egalari shu yerda yosh qizlarga kashtachilik sirlarni oʻrgatishsa, hunarmandlar yoshlarga boshqa kasblardan saboq bermoqda.

Shaharda milliy kashtachilikni ommalashtirish va yoshlarni unga jalb qilish maqsadida mahalla guzarlarida ustoz-shogird maktablari yoʻlga qoʻyildi. Kashtachi ayol Zuhra Burhonovaning taʼkidlashicha, ular yaratayotgan milliy liboslar, jumladan, kelinlarning choponlari avvalo, milliyligi va bejirimligi bilan ajralib turadi. Liboslar asosan toza adras matodan tikiladi, ularning sirtqi qismidagi bezatilgan ipaklar ham tabiiy. Ipaklar yongʻoq poʻchogʻi va piyoz poʻstlaridan olingan boʻyoqlar bilan boʻyalganligi sababli yuvilganda ranglari oʻchib ketmaydi.

photo_2020-06-17_17-36-11.jpg