Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi ayrim bakalavriat bitiruvchilari TDYUU magistraturasiga test sinovlarisiz qabul qilinadi
15:24 / 2020-08-27

“Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.


“Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

Oʻzbekiston fuqarolari Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) magistraturasiga Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi;

masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;

bazaviy oliy yuridik maʼlumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni TDYUU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;

“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYUU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYUU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYUU qoshidagi akademik litseyda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;

bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYUU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtish tartibi joriy etiladi.

TDYUU magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish muddati istisno tariqasida 2020-yil 15-sentyabrga qadar uzaytiriladi.