Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Emmanuel Makron: Fransiya va Germaniya Yevropaning uyg‘onish kashshoflari bo‘lishi kerak
11:45 / 2023-01-23

Fransiya va Germaniya Yevropaning “uyg‘onish kashshoflari” bo‘lishi kerak, dedi yakshanba kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron.

"Germaniya va Fransiya birgalikda Yevropaning uyg‘onish kashshoflari bo‘lishi lozim. Birinchi navbatda, birgalikda yangi energetika modelini bunyod etishdagi kashshoflari bo‘lishi kerak. Biz ekologiya sohasida transformatsiya uchun Yevropa darajasida jamoatchilik va xususiy investitsiyalarni jalb qilishimiz kerak.

Energiya manbalarimizni hamda yetkazib berish tarmoqlarini diversifikatsiya qilishni yakunlashimiz, shuningdek, mintaqamizda uglerodsiz energetika ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashimiz zarur", – dedi Makron Sorbonnada Franko – Germaniya shartnomasiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda. Mazkur tadbirda Germaniya kansleri Olaf Shols ham ishtirok etgan.

U shuningdek, Fransiya va Germaniya Yevropani kelajagini ekologiyasi toza va taraqqiy etayotgan mintaqaga aylantirish uchun innovatsiya va texnologiyalar sohasida hamkorlik qilishi hamda ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, qit’ani yangi texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida chempionga aylantirish zarurligi haqida ham gapirgan".

"Biz birgalikda Yevropa ittifoqini qo‘llab-quvvatlashimiz, mudofaa, koinot va diplomatiya masalalarida mustaqil geosiyosat yuritish qudratiga ega ittifoqqa aylantirishimiz kerak", – qo‘shimcha qilgan Fransiya yetakchisi.