Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Emlash natijasida bolalarda virusli gepatit V uchramayapti
15:09 / 2023-05-02

Har yili aprel oyining oxirgi haftasida dunyo miqyosida jahon immunizatsiya haftaligi o‘tkaziladi. Mamlakatimizda ham 24-30 aprel kunlari ushbu tadbir keng nishonlandi. Samarqand viloyatida mazkur haftalik doirasida 422 ta emlash punkti barcha turdagi vaksinalar bilan to‘liq ta’minlandi. Aholi qayerda yashashidan qatiy nazar, xohlagan punktga murojaat qilib emlanish imkoniyati yaratildi.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, haftalik davomida rotavirus infeksiyasiga qarshi “Rotasiil” vaksinasi bilan 25 ming 560 nafar, qizamiq, qizilcha, tepkiga qarshi KPK vaksinasi bilan 8233 nafar, qizamiq va qizilchaga qarshi alohida KK vaksinasi bilan 6796 nafar, pnevmokokk infeksiyasiga qarshi “Pnevmokokk” vaksinasi bilan 14 ming 885 nafar bola emlandi.

Shuningdek, poliomiyelit, ko‘k yo‘tal, bo'g‘ma, qoqshol, virusli gepatit, odam papilloma virusi, sil kasalliklariga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirildi.  

– Immunizatsiya samarasida Samarqand viloyatida qizamiq, qizilcha, shol, ko‘k yo‘tal, qoqshol, bo‘g‘ma kasalliklari, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida virusli gepatit V kasalligi qayd etilmayapti, – deydi Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bosh immunologi Shoira Xalilova. – Tepki kasalligi, pnevmokok, roto, XIB infeksiyalar bilan kasallanish keskin kamayishiga erishildi. 2019 yildan boshlab viloyatda 9 yoshli o‘smir qizlarimiz bachadon bo‘yni saratoniga qarshi VPCH vaksinasi bilan emlanmoqda. Aprel oyidan boshlab viloyatda 40 mingdan ortiq qizlar emlash punktlarida, maktablardagi tibbiy xonalarda 2-tur VPCH vaksinasi bilan emlanyapti. Viloyatda ishlatilinayotgan barcha vaksinalar xavfsizlik sertifikatiga ega va har yili o‘qitilib, tayyorlangan maxsus tibbiy xodimlar, ya’ni vaksinatorlar emlash ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuni takidlash kerakki, ushbu vaksinalar bilan 97 foizdan yuqori xavfsiz emlash bilan qamrab olish natijasida Samarqand viloyatida barqaror epidemiologik vaziyat saqlanmoqda. Viloyatda profilaktik rejali va epidemiologik ko‘rsatma asosida emlash ishlari davom etmoqda.

G‘.Hasanov,

A.Isroilov (surat), O‘zA