Saltanat hassasini qo‘lida tutgan har qanday kishi ham hukmdor bo‘lavermaydi. Faqatgina saltanatni boshqarish uquvi bo‘lgan zotlargina podshohlik va hukmdorlikka loyiqdirlar. (Suqrot).
Mamlakatimiz davlat boshqaruvida Prezidentlik institutini joriy qilinishi mustaqillikka tashlangan ilk qadamlardan biri bo‘lgan.Ma’lumki,o‘tgan asrning 90-yillaridasobiq ittifoq davlatlarida mamlakat mustaqilligiga intilish juda tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib 1990 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimini ta’sis etildi. Bu bilan endigina mustaqillik shabodasi esa boshlagan yurtimizda demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini ta’minlashda yangi davrboshlandi.
Davlat boshqaruvida Prezidentlik instituti dastlab AQSHda joriy qilingan bo‘lib, hozirda respublika boshqaruv shakliga asoslangan mamlakatlarda fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan mansabdor shaxs sifatida qabul qilinadi.
bugungi kunda dunyoning 150 ga yaqin mamlakatlarida prezidentlik instituti davlat boshqaruvi tizimining muhim ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikaning qator mamlakatlarida davlatni boshqarishning eng maqbul yo‘li deb, aynan prezidentlik instituti e’tirof etiladi. Bundan mustaqillikning birinchi kunlarida mamlakatimizda davlat boshqaruv shaklining eng to‘g‘ri yo‘li tanlanganligini anglash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi Prezidentlik instituti va uning konstitutsiyaviy maqomi, vakolatlari, huquqlari va burchlariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 89-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” deb, belgilangan. Mazkur konstitutsiyaviy norma mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimida totalitar davlat boshqaruvidan voz kechilgani va demokratik davlat boshqaruviga asoslanganligining huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi, dastlab barcha davlatlardaPrezidentgadavlat boshlig‘i – ya’ni oliy maqomga ega mansabdor shaxs sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik, bu kabi qarashlar birmuncha o‘zgardi. Hatto,ayrim mamlakatlardaPrezidentni nafaqat davlat boshlig‘i deb, balki, millatsha’ni va obro‘sining timsoli sifatida e’tirof etilmoqda.
Albatta, buning bir qancha sabablari bor, deb o‘ylaymiz. Shulardan biri,ko‘plab mamlakatlarda prezidentlar o‘zlarini faqat davlat boshlig‘i deb emas, balki, inson huquq va erkinliklarining kafili,xalqxizmatchisi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoyachisideb biladi va amalda bunga qattiq rioya etishadi.
Bunga misol qilib, Germaniya, Finlandiya, Argentina, Singapur va boshqa mamlakatlarning davlat yetakchilarini prezidentlik davridagi faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, ularning aksariyatinifaoliyati davrida “xalq davlat organlariga emas” balki aksincha, “davlat organlari xalqqa xizmat qilgan”.
Aynan shu nuqtai nazardan olganda joriy yilning 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz (saylovchilar) nafaqat davlat boshlig‘i yoki o‘zlarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining kafiliga,balki,xalqningsha’ni va qadr-qimmatini munosib himoya qilaoladigan nomzodga ovoz berishlari kerak bo‘ladi.Xo‘sh, xalqning sha’ni va qadr-qimmati deganda nima nazarda tutilmoqda. Shu xususida to‘xtalsak.
Ma’lumki, Asosiy Qonunimizning 93-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarinibelgilab beradi. Ular jami 25 banddan iborat bo‘lib, davlat boshlig‘iga o‘ta jiddiy va mas’uliyatlivazifalarniyuklaydi.E’tibor bering, ushbu moddaning birinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga,O‘zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanadi.Birqarashda mamlakat Prezidentiningfuqarolarnihuquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishiga kafil bo‘lishi uning “cheksiz qudrati” oldida arzimas bir vazifa deb xulosa qilishga shoshilmang. Agar, bu masalani ijrosini ta’minlash biz tasavvur etganimizdekoson bo‘lganida edi yoki har qanday Prezident bu ishni uddasidan chiqishi mumkin bo‘lganda, nimaga erishiladi, bilasizmi?- Xalq davlatdan rozi bo‘lardi.Shu o‘rinda, “Emas oson bu maydon ichra turmoq Nizomiy panjasiga panja urmoq ...” deganbayt ma’nosini yanada teranroq tushunayotgan bo‘lsangizkerak.
Keling,mushohada yuritib ko‘raylik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan har bir insonning uzviy huquqi– yashash huquqini ta’minlash, har kimni fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega bo‘lishi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi va boshqa shu kabi qator konstitutsiyaviy normalarga rioya etilishining o‘zi millatni sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish degani emasmi. Demak buni uddasidan chiqqan va uni ta’minlashga kafil bo‘lgan Davlat boshlig‘i haqiqatdan ham xalqni, millatni izzat-hurmatiga sazovor bo‘lib, tom ma’nodagi millat yetakchisiga aylanadi.
Bunday Davlat rahbari,avvalo,katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Uning qalbida xalqiga, Vataniga cheksiz muhabbat bo‘ladi. Bunday Prezident o‘z tashvishi bilan emas, balki xalqni tashvishi bilan yashaydi, o‘z ishiga fidoiy bo‘ladi, bir so‘z bilan aytganda, o‘zini chin ma’nodagi xalq xizmatchisi deb biladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningkonstitutsiyaviyvakolatlariga atroflicha to‘xtalmasakda, biroq, uning har bir vakolati zamirida inson sha’ni va qadr-qimmatigabevosita yoki bilvositataalluqli bo‘lgan masalalarborligini qayd etishga harakat qildik. Mavzuga shu joyda yakun yasab, quyidagi xulosaga kelsak.
Demak, shu yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz (saylovchilar) millat or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga munosib bo‘lgan nomzodga ovoz beradi. To‘g‘ri, shu o‘rinda prezidentlikka nomzodlar orasida bunday sharafli vazifaga munosib insonni o‘zi bormi,degan savolni berilishi ham tabiiy. Agar mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Prezident saylovi nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, hamma ham bu kabi savolni berishga haqli, albatta. Bu savolga javobni joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz (saylovchilar) albatta beradi.
Abdumannob Raximov,
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
devoni rahbari