Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elu yurt xizmati – sharafli ish
15:45 / 2024-10-07

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularning qalbi va ongiga elu yurt himoyasi sharafli, muqaddas burch ekanini chuqur singdirishga qaratilgan tadbirda harbiylar, yoshlar, faxriylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qo‘mondon mamlakatimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Yoshlarni o‘z yurtiga, xalqiga munosib xizmat qiladigan fidoyi va sobitqadam bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek, qo‘mondon uchrashuv davomida tuman yoshlarining erishayotgan yutuqlari bilan tanishdi. Ularning taklif, fikr va mulohazalarini eshitdi, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. Muloqot davomida sport va boshqa yo‘nalishlarda salmoqli natijalarga erishgan bir guruh faol yoshlar munosib taqdirlanib, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.

[gallery-19626]

Tadbirdan so‘ng namoyish etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy orkestr jamoasi va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA