Nukusda yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Nukus shahrining “Turon” hamda Qo‘ng‘irot tumanining “Elobod” jamoalari o‘zaro uchrashdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda Qo‘ng‘irot tumanining “Elobod” jamoasi 1-0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek Taxtako‘pir tumanining “Taxtako‘pir” jamoasi ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozongan Amudaryo tumanining “Xolimbeg” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mini futbol hamda futbol bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan To‘rtko‘l tumanining “Ullibog‘”, Qo‘ng‘irot tumanining “Elobod” jamoalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
[gallery-8081]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA