Elobodda bayram tantanasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” masuliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korxonada fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘alari topshirildi.

Bayram munosabati bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol, qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan basketbol, “Biz sportchi oilamiz” sport musobaqalarida, Qo‘ng‘irot tumandagi korxona, tashkilot va muassasa yoshlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasining g‘oliblari taqdirlandi.

Korxona xodimlari va ularning oila a’zolari uchun konsert dasturi namoyish etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA