Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elmira Hazratqulova: Bobur shaxsiyatining yorqin jihatlari (+video)
11:54 / 2026-02-14

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. 

Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallaydi. Bugungi lavhamizda O‘zFa Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmira Hazratqulova — buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiyatiga oid alohida ma’lumotlar bilan bo‘lishadilar

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/imQ43Axky7Q" title="Elmira Hazratqulova: Bobur shaxsiyatining yorqin jihatlari (+video)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA