Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ellikqal’a hududidan noyob arxeologik esdalik topildi
12:47 / 2021-05-21

Joriy yilning may oyida Janubiy Orolbo‘yi O‘zbekiston – Rossiya kompleks arxeologik ekspeditsiyasi ishlarining ikkinchi mavsumi ish boshladi.

Ekspeditsiya ishlarida O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Rossiya FA N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya instituti, Rossiya Sharq xalqlari san’ati muzeyining ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

Ellikqal’a tumani hududida joylashgan «Katta Qirqqiz qal’a» yodgorligida amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlari shu hududda qadimgi davrlarda istiqomat qilgan xalqlar tarixi haqidagi yangi ma’lumotlarga asos bo‘ladi. Arxeolog-olimlarning ta’kidlashicha, ushbu qal’a miloddan avvalgi IV-III asrlarda qurilgan bo‘lib, milodiy VII-VIII asrlarigacha gullab rivojlangan.

Qal’aning g‘arb tomonida tashqi majmua – yirik monumental bino mavjud, unda arxeologik qazish davomida antik keramika namunalari, maishiy buyumlar, eng muhimi, to‘liq kamalak ranglarini o‘zida mujassam etgan devoriy rangli namunalar topildi.

Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti xabariga ko‘ra, ushbu ob’ekt noyob arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Shuningdek, qal’a hududidan tangalar ham topilgan va ayni paytda ularni restavratorlar o‘rganmoqda.

Ye.Qanoatov, O‘zA