Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ellikqal’a ovulida ellikta uy
12:49 / 2016-04-20

Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan Mansurbek qishlog‘ini taniyolmay qoldi. “Hoynahoy, boshqa joyga kelib qoldim, shekilli”, degan xayolda atrofga sinchiklab qaradi. Uning uchun qadrdon bo‘lgan “uchrashuv joyi” – bedapoya chetidagi yakkatut o‘rnida zamonaviy uylar qad rostlabdi. Xuddi chizilganday to‘g‘ri, keng va ravon ko‘chalar...

Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan Mansurbek qishlog‘ini taniyolmay qoldi. “Hoynahoy, boshqa joyga kelib qoldim, shekilli”, degan xayolda atrofga sinchiklab qaradi. Uning uchun qadrdon bo‘lgan “uchrashuv joyi” – bedapoya chetidagi yakkatut o‘rnida zamonaviy uylar qad rostlabdi. Xuddi chizilganday to‘g‘ri, keng va ravon ko‘chalar...

Bir yilda shuncha o‘zgarish. Namunaviy loyihalar asosida ellikta uy qurilib, foydalanishga topshirilibdi. Bundan aholi mamnun.

– Ovulimiz chekkasida qisqa fursatda yangi “Iqbol” aholi punkti paydo bo‘ldi, – deydi Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘ini oqsoqoli Shavkat Xolmurodov. – O‘tgan yili ellikta ana shunday shinam va bejirim uy foydalanishga topshirilgan edi. Qurilish ko‘lami yil sayin kengayib, hozir bu yerdagi uylar soni 240 dan oshdi.

Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari samarasida qishloq va ovullarimiz zamonaviy qiyofa kasb etish bilan birga, yurtdoshlarimizning turmush tarzini, dunyoqarashini o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.

– O‘g‘lim Azizjon uchun Ellikqal’a ovulida qurilgan uylardan birini oldik, – deydi Nurmamat Masharipov. – Bu uylardagi sharoit shaharnikidan aslo qolishmaydi. Nabiralarimning quvonchini ko‘rib, o‘zim ham yasharib ketganday bo‘laman. Shunday kunlarga yetkazganiga shukronalar aytaman.

O‘tgan yillarda tumanning 8 massivida 410 uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda yana 90 shunday turar joy qurilishi ishlari davom ettirilmoqda.

Zamonaviy uy-joylar uchun asosiy qurilish ashyosi – pishiq g‘isht tumandagi “Chayka azamati” hamda “Go‘zal” fermer xo‘jaliklari, “Amirobod g‘ishti”, “Shavkat do‘st” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan yetkazib berilmoqda. Qurilish ishlari “Bo‘ston obod qurilish” xususiy korxonasi, “Ayt” ishlab chiqarish savdo firmasi, “Qirqqiz maxsus qurilish”, “Xumo maxsus qurilish”, “Ellikqal’a qurilish korxonasi”, “Tezkor maxsus qurilish”, “Saribiy maxsus qurilish”, “Bo‘stonsuvqurilish”, “Ellikqal’a elektron pochta” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda namunaviy loyihalar asosida 18 massivda 668 uy qurilishi rejalashtirilgan. Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladigan zamonaviy uylar yurtdoshlarimizga chinakam bayram sovg‘asi bo‘ladi. Ellikqal’a ovulida ellikta uy to‘yi o‘tkaziladi.