Elektrovelosiped ishlab chiqarish ko‘payadi
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi elektrovelosiped ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Qo‘shko‘pirtexnoimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015-yilda 150 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilishi hisobidan o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi elektrovelosiped ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Qo‘shko‘pirtexnoimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015-yilda 150 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilishi hisobidan o‘z faoliyatini boshlagan edi.Hozirgacha savdo shoxobchalariga zamonaviy akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan 200 dona elektrovelosiped yetkazib berildi.
- 2016-yilda uch mingta elektrovelosiped ishlab chiqarish va asosan ichki bozorda sotish rejalashtirilgan, - deydi "Qo‘shko‘pirtexnoimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mavlon Jumaniyozov. - Kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqdamiz.