Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi texnik reglament qabul qilindi
11:27 / 2025-08-18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi texnik reglamenntni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi texnik reglament; 

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi tasdiqlandi. 

Ushbu Texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi. 

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga, shuningdek, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga tegishli amaldagi boshqa texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladi. 

Texnik reglament quyidagi elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi: 

davlat mudofaasi, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalari uchun ishlatiladigan; 

o‘zgaruvchan tokda 1000 V dan va o‘zgarmas tokda 1500 V dan yuqori bo‘lgan; 

fotoelektrik panellar (quyosh batareyalari); 

yerusti va orbital kosmik ob’ektlar tarkibida foydalanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar; 

faqat havo, suv, yerosti va yerusti transportida foydalanish uchun mo‘ljallangan elektr jihozlari; 

elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari tarkibiy qismi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan elektr batareyalari va akkumulyatorlar; 

oldin foydalanilgan va (yoki) foydalanishda bo‘lgan jihozlar; 

katta statsionar sanoat jihozlari; 

o‘lchash vositalari; 

tibbiyot buyumlari; 

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun maxsus loyihalashtirilgan jihozlar. 

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zA