Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika sohasida eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
18:09 / 2022-05-06

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda eksport hajmini 2023 yilda 1 milliard dollarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

–Misol uchun, birgina qo‘shni davlatlar yiliga o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 6 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qiladi. Lekin, ushbu davlatlar importida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 5 foizga ham yetmaydi, – dedi Prezidentimiz.

Eksportni oshirish uchun bojxona hududida qayta ishlash tizimini maishiy texnika misolida yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, tayyor mahsulot eksportini kengaytirish uchun Elektrotexnika jamg‘armasiga 20 milliard so‘m ajratiladi.

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida:

– eski transformatorlar importiga chek qo‘yishni;

– maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etishni qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda elektrotexnika tarmog‘ida izlanish va rivojlantirish (R&D) bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Bunda, tarmoq mutasaddilari va korxonalari yil yakuniga qadar:

– “Elektroapparat” (muqobil energetika va kuchlanish uskunalari bo‘yicha izlanishlar), “Texnopark” (murakkab qoliplar), “Artel” (maishiy texnika yangi modellari), “Uzkabel” (yangi izolyatsiya materiallari va kabel) negizida 4 ta R&D markazini tashkil etadi;

– ushbu markazlarga malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi;

– markazlar uchun Innovatsiya jamg‘armasidan 10 milliard so‘m grantlar ajratiladi.

Moliya vazirligiga R&D markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun uch yil muddatga:

–mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash;

– ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.

Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzurida Loyihalash va injiniring markazini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA