Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika sohasi: ishlab chiqarish, eksport va investitsiya
14:24 / 2024-09-18

Prezident topshirig‘i amalda

Oxirgi yillar Toshkent viloyatida elektrotexnika sanoati yetakchi va jadal rivojlanib borayotgan drayverga aylandi. Tahlillarga ko‘ra, 2017 yil hududda 26 ta korxona hisobiga elektrotexnika (asosan transformatorlar) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 407,2 milliard so‘mni tashkil etgan. 

Hozirgi kunda esa 140 tadan ortiq korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari qariyb 10 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. Bu yil hududda faoliyat yuritayotgan elektrotexnika sanoat korxonalari mahsulotlari viloyatning umumiy sanoat hajmida ulushi 4,0 foizdan oshdi. Shundan kompyuter, optik mahsulotlari va elektr uskunalari ishlab chiqarish hajmi ko‘proq. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, viloyatda 2024-2027 yillar elektrotexnika sanoati yo‘nalishida jami 1,7 milliard dollarlik 24 ta loyihalar amalga oshiriladi. Ular ishga tushirilishi bilan 3 ming nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Masalan, Chirchiq shahrida Xitoy investitsiyasi hisobiga jami qiymati bir million dollarlik “Tizimlar va Elektr Yuritmalar Zavodi” MCHJ ham o‘z faoliyatini boshlagan. Bu yerda asosan elektr kommutatorlar tayyorlanadi va gaz turbinali dvigatellar ta’mirlanadi. 

Bundan tashqari, Ohangaron hamda Parkent tumanlarida jami 362 gektar yer maydonida “Eltech Industrial” texnoparki, ya’ni Mis klasteri tashkil etilgan. Hozirgi kunda bu hududda umumiy qiymati 270,6 million dollarlik 18 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Ular ishga tushirilishi natijasida 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, 16 ta yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 

Jumladan, shulardan bitta loyiha – “Poly-Factor” korxonasi ishga tushirilgan. Bu yerda kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun polivinilxlorid xomashyosidan kompozit mahsulotlar tayyorlanadi. Olmaliq shahrida Xitoyning “Xolli Grup” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Buyuk Ipak yo‘li” industrial texnoparki hamda Chirchiq shahrida Xitoyning “China Construction Fifth Engineering Division” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ikki hudud – bir park” industrial texnoparki maxsus sanoat zonasi tashkil etildi. 

Ma’lumki, yaqinda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ham mutasaddilarga eksport uchun aylanma mablag‘ miqdorini oshirish, sanoat elektrotexnikasi uchun lizing tizimni kengaytirish kabi masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

A.Musayev, O‘zA.