Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektrotexnika sanoatidagi muammolar o‘rganildi (+video)
17:07 / 2026-01-20

“O‘zeltexsanoat” uyushmasida elektrotexnika sanoati korxonalarining yil yakunlari hamda kelgusi davrga mo‘ljallangan ustuvor rejalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda sohada o‘tgan yil davomida erishilgan natijalar, amalga oshirilgan loyihalar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Aytish kerakki o‘tgan yillar davomida tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 8.1 barobarga oshib, sohaning sanoatdagi ulushi 3.5 foiz, tovarlar eksportida 10 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda elektrotexnika yo‘nalishida mingdan ortiq kichik va o‘rta korxonalar faoliyat yuritib kelyapti. Sohada 52 mingdan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda.           

2025 yilda ishlab chiqarish hajmi 35 trillion so‘mga, eksport hajmi esa qariyb 1.5 milliard dollarga yetdi. Misni qayta ishlash hajmi 100 ming tonnani tashkil etdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 5 trillion so‘mlik 30 dan ortiq yangi mahsulot turlari o‘zlashtirildi. Natijada 400 mln dollarlik importni optimizatsiya qilishga erishildi.  

2025 yil davomida erishilgan natijalar kelasi yildagi rejalar uchun ham muhim asos bo‘ladi. 2026 yilda elektrotexnika sanoati oldiga qo‘yilgan maqsadlar katta. Avvalo, ishlab chiqarish hajmini 50 trillion so‘mga, eksportni qariyb 3 milliard dollarga, investitsiyalar hajmini 250 million dollardan oshirish rejalashtirilgan. Hududlarda yangi klasterlar tashkil etilib, yirik loyihalar ishga tushiriladi.

Albatta yutuqlar qatori ishga solinmagan imkoniyatlar ham mavjudligi uchrashuv davomida uyushma rahbariyati tomonidan aytib o‘tildi. Masalan, mis quvurlari, kabel ishlab chiqaruvchi korxonalarimiz yuqori quvvatda ishlab turgan va katta miqdorda xorijga ekportni amalga oshirayotgan bir paytda hamon ushbu mahsulotlar katta miqdorda yurtimizga import bo‘lib kirib kelmoqda. Agarda kooperatsiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa har yili 10-12 tagacha import qilinayotgan mahsulotlar elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan o‘zlashtiriladi. Buning uchun davlat tomonidan subsidiyalar, imtiyozlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirkorlarimizning bu imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamon pastligicha qolmoqda.  

Yig‘ilish davomida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar, tarmoq rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda korxonalar faoliyatida uchrayotgan qiyinchiliklar haqida so‘z bordi.  

Shuningdek, ushbu masalalarni bartaraf etish, sohada barqaror rivojlanishni ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq taklif va yechimlar yuzasidan fikr almashildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FwNloPhVaMI" title="Elektrotexnika sanoatidagi muammolar o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>  

Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov,Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA