French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron tizim orqali qabul qilingan qarorlar shaffoflikni ta’minlaydi
16:11 / 2021-05-20

Navoiy viloyati hokimining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash haqida»gi ilk elektron qarori qabul qilindi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Navoiy viloyatida hokimlar qarorlarini qabul qilish jarayonini elektron shaklda amalga oshirishni nazarda tutuvchi “E-qaror” elektron tizimi ishga tushirilib, u orqali viloyat hokimining qarori e’lon qilindi.

Hududda mazkur yo‘nalishdagi ishlar adliya vazirligi ishchi guruhi ko‘magida belgilangan tartibda shakllantirilib, viloyat tashkilotlarining soha bo‘yicha tegishli mas’ullari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Endilikda yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “E-qaror” elektron tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

“E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvining shaffoflashishiga, ortiqcha vaqt sarflanishi, qog‘ozbozlikning oldini olishga xizmat qiladi.

  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA