Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron tijorat sohasiga bo‘lgan talab ortmoqda
10:46 / 2023-04-29

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2023” doirasida “Elektron tijorat: yangi istiqbollar va imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan penel sessiyasi o‘tkazildi.

Unda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, elektron tijorat istiqbollari, yurtimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Dunyo bo‘ylab elektron tijorat sohasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida odamlarning ko‘proq vaqt uyda qolishi o‘z-o‘zidan onlayn xizmatlar sohasiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi, —dedi vazir o‘z nutqida. — Bu esa elektron tijorat sohasida amalga oshirish lozim bo‘lgan kamchiliklarni ham ko‘rsatib berdi.

Endilikda O‘zbekiston sharoitida ham insonlar o‘z uylaridan turib maxsus platformalar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini, o‘zlari uchun kerak bo‘lgan barcha zarur buyumlarni buyurtma qilish imkoniyati yanada rivojlanib, savdo, tijorat kabi yo‘nalishlarda daromad topish imkoniyatiga ham ega bo‘lib bormoqda.

Shuningdek, forum davomida xorijiy kompaniyalar vakillari elektron tijorat sohasida ham O‘zbekistonning jozibardorligi oshib borayotganini ta’kidlab, onlayn bozorni yanada rivojlantirish va uning istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Forumda raqamli ekotizim, iste’molchilarni yetarlicha onlayn elektron xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha fikrlar tinglandi.

N.Rahmonova, O‘zA