Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektron tijorat, koʻrgazma faoliyati va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi
12:53 / 2020-08-22

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chogʻida Moskva shahrida yirik Rossiya kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chogʻida Moskva shahrida yirik Rossiya kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

bosh direktori bilan uchrashuv va “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” koʻrgazmalar markazi hududiga tashrif tashkil etildi.

Xususan, “Wildberries” elektron tijorat portali asoschisi va bosh direktori Tatyana Bakalchuk bilan uchrashuvda Oʻzbekistonda yirik onlayn savdo maydonchasi va ulgurji-taqsimot markazi yaratish loyihasi doirasida joriy hamkorlik masalasi koʻtarildi.

“Wildberries” - Rossiya va MDH mamlakatlarida elektron tijorat sohasidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2019-yil mazkur korxona Rossiyaning eng yirik riteyleri sifatida eʼtirof etildi. Kompaniya veb-saytida 30 dan ortiq turli brenddagi mahsulotlar taqdim etilgan boʻlib, saytga kuniga oʻrtacha 6 million mijoz kiradi. Shuning hisobiga bir sutkada 750 ming buyurtma qabul qilinadi. “Wildberries” Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armanistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. 2020-yil yanvar oyidan tuzilma Polsha va Slovakiya bilan ham savdoni yoʻlga qoʻyib, Yevropa Ittifoqi bozorida faoliyat boshladi. Bugungi kunda oʻzbekistonlik 100 ga yaqin ishlab chiqaruvchi “Wildberries” portalidan foydalanmoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda elektron tijorat sohasi ulkan salohiyatga ega: onlayn savdo bozorining hajmi qariyb 12-15 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, soʻnggi yillarda ushbu sektorda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda: 2019-yili Oʻzbekistonda elektron tranzaksiyalarning umumiy summasi 344,3 million dollarni tashkil etdi va mamlakat YAIMdagi elektron tijorat ulushining yillik oʻsishi 30 foiz, deb baholandi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

“NIPIGAZ” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashi Raisi, “Sibur” kompaniyasi boshqaruv Kengashi aʼzosi Boris Lim va “Sibur” kompaniyasi bosh direktori Mixail Karisalov ishtirokidagi uchrashuv Rossiyaning yirik korporatsiyalari bilan samarali sheriklik oʻrnatish orqali mehnat migratsiyasi sohasini tizimlashtirish boʻyicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini batafsil koʻrib chiqish imkonini berdi.

Rossiya Federatsiyasida istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston fuqarolari orasidan kadrlarni tartibli ravishda tanlash va mutaxassislikka tayyorlash mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, ularni keyinchalik Rossiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan sanoat va infratuzilma loyihalari doirasida ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Rossiya tomoni ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish uchun Rossiya qurilish va sanoat korxonalari orasidan yangi sheriklarni topishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi (VDNX) majmuasiga amalga oshirilgan tashrif doirasida 66-raqamli “Oʻzbekiston” pavilyonida taʼmirlash-restavratsiya qilish ishlarining borishi koʻzdan kechirildi va obyektni oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar muhokama qilindi.

Mintaqalararo hamkorlik II Forumi, “Made in Uzbekistan” Milliy koʻrgazmasi, Mediaforum va Taʼlim forumini tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarni tezlashtirish va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish uchun “VDNX” majmuasi maʼmuriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi “Interforum” DUK oʻrtasida yaqin hamkorlik qilish mexanizmini yaratish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.